Tashqi sifat kafolati (QA) eksperti tanlovi – GreenCamUz loyihasi
Qoʻqon universiteti Erasmus+ dasturining Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish (CBHE) yoʻnalishi doirasidagi “Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimiga barqarorlikni integratsiyalash boʻyicha Yashil kampus tashabbusi” (GreenCamUz, Loyiha № 101234907) loyihasi koordinatori sifatida 1-ish paketi (S1.1 va S1.2 vazifalari) doirasida Sifat kafolati boʻyicha tashqi ekspert (External QA Expert) lavozimiga mustaqil mutaxassislarni taklif etadi.
Qoʻqon universiteti Erasmus+ dasturining Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish (CBHE) yoʻnalishi doirasidagi “Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimiga barqarorlikni integratsiyalash boʻyicha Yashil kampus tashabbusi” (GreenCamUz, Loyiha № 101234907) loyihasi koordinatori sifatida 1-ish paketi (S1.1 va S1.2 vazifalari) doirasida Sifat kafolati boʻyicha tashqi ekspert (External QA Expert) lavozimiga mustaqil mutaxassislarni taklif etadi. Tanlab olingan ekspert loyiha jarayonlari, erishilgan natijalar, pilot loyihalar va barqarorlik koʻrsatkichlarini xolis baholab, 2 ta hisobot (18-oyda oraliq va 36-oyda yakuniy hisobot) taqdim etishi lozim. Ish hajmi, malaka talablari, ariza topshirish tartibi va shakllari boʻyicha batafsil maʼlumot quyidagi rasmiy hujjatda keltirilgan; talabgorlar toʻliq hujjatlar toʻplamini 2026-yil 20-noyabrgacha u.mamadaliev@kokanduni.uz, shsaidov@kokanduni.uz hamda mamadalievu745@gmail.com elektron manzillariga yuborishlari soʻraladi.